«o‘zbekiston temir yo‘llari» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi
27 yanvar 2025, 09:25

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha shartnomani uzaytirdi. Liniyaga xizmat ko‘rsatish “O‘zbekiston temir yo‘llari” shu’ba korxonasi hisoblangan “Sogdiana trans” MCHJda saqlanib qoladi.

Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari qimmatlaydi
6 yanvar 2025, 14:54

Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari qimmatlaydi

1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chiptalari ham qimmatlaydi. Biletlar narxi 10,5 foizga oshadi. Avvalroq tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi
6 yanvar 2025, 08:54

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi
26 dekabr 2024, 10:36

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.

Xitoyda “Temiryo‘lkargo”ning vakolatxonasi ochildi
19 dekabr 2024, 16:54

Xitoyda “Temiryo‘lkargo"ning vakolatxonasi ochildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U multimodal transportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qishki ta’tilda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18 dekabr 2024, 15:43

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qishki ta’tilda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlarini tashkil etadi.

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi
10 dekabr 2024, 19:59

Talabalarga poyezd chiptalari uchun ham 50 foizlik chegirma berildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalarga 23-dekabr-10-yanvar oralig‘idagi mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi. SV/VIP klassdagi vagonlar va “Afrosiyob” elektropoyezdlari bundan mustasno. Avvalroq UzAirways ham talabalarga chegirma taqdim etgandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
4 dekabr 2024, 17:05

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro — Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi.

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi
27 noyabr 2024, 17:15

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

O‘zbekistonga Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdi keltirildi, deya xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev. Prezident yangi yil arafasida Buxoro va Xiva o‘rtasidagi elektrlashtirilgan liniyani ham ishga tushirishi kutilmoqda.

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident
27 noyabr 2024, 01:02

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident

Prezident temiryo‘l va aviatsiya kompaniyalari transformatsiyasi jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. U yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, tannarxni kamaytirish muhim ekanini qayd etdi va sohaga konsalting kompaniyasi jalb qilib, aniq dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
13 noyabr 2024, 14:40

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi

Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi
17 oktabr 2024, 12:03

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rahbari “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi bo‘ldi

Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi Husnutdin Xosilov lavozimidan ozod etildi
9 oktabr 2024, 10:51

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi Husnutdin Xosilov lavozimidan ozod etildi

Dekabr oyidan beri “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan Husnutdin Xosilov o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi. U o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.

Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi
25 sentabr 2024, 18:34

Toshkent — Moskva yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi

24-sentabrdan Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati tiklandi. Poyezd har hafta qatnaydi, yo‘lda Qozog‘iston va Rossiyadagi bekatlarda to‘xtab o‘tadi.

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi (video)
25 sentabr 2024, 09:42

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi (video)

Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” — eskirgan poyezdlar, chipta yetishmovchiligi va yangi xaridlar haqida
9 sentabr 2024, 11:46

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” — eskirgan poyezdlar, chipta yetishmovchiligi va yangi xaridlar haqida

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joy va chiptalar yetishmovchiligi muammosini poyezdlar sonini ko‘paytirish orqali hal qilmoqchi. Tashkilot yil oxirigacha 28 ta, 2025−2026-yillarda esa 80 ta yo‘lovchi vagoni xarid qiladi. Eski vagonlar birin-ketin ro‘yxatdan chiqarilmoqda.

Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini ta’mirlash ishlari yakunlandi
8 avgust 2024, 18:09

Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini ta’mirlash ishlari yakunlandi

Afg‘onistonda Naybobod temiryo‘l stansiyasi ochildi, u va uning Hayraton — Naybobod — Mozori Sharif liniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan qayta tiklandi. Ochilish marosimida stansiyaga birinchi yuk vagonlari yetib keldi.

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi
6 avgust 2024, 23:40

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi

Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.

Poyezdlarning kupe vagonlari chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi
1 avgust 2024, 19:31

Poyezdlarning kupe vagonlari chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi

O‘zbekistonda poyezdlarning kupe vagoni chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi va bu xizmat bepul bo‘ldi, deb xabar qildi Raqobat qo‘mitasi. Agar yo‘lovchilarda konditsioner ishlamayotgani haqida dalillar bo‘lsa, ularga kompensatsiya to‘lanadi.

San’atkorlar ketayotgan poyezd konditsioneri ishlamadi. Rasmiylar nosozlikka anomal issiq sabab bo‘lganini aytmoqda
13 iyul 2024, 17:56 1

San’atkorlar ketayotgan poyezd konditsioneri ishlamadi. Rasmiylar nosozlikka anomal issiq sabab bo‘lganini aytmoqda

Xiva-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda harakatlangan san’atkorlar konditsioner tizimi ishlamaganini bildirdi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq keltirib chiqargan nosozlik sabab bo‘lganini aytmoqda, iqlimshunos esa yil boshidan beri anomal issiq bo‘lmaganini yozdi. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni nazoratga oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting